O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha umumiy qiymati 3,5 milliard dollarlik memorandum imzoladi.
Ushbu memorandumni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev hamda OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov imzoladi.
Hujjat 4-5 may kunlari Tbilisida boʻlib oʻtgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 57-yillik yigʻilishida imzolandi.
“Kelajak sari ko‘prik” umumiy shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
Dasturda har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan, “O‘zbekiston – 2030” Taraqqiyot strategiyasiga mos keladigan loyihalar kiritilgan.