Joriy yilning 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Islom taraqqiyot bankining hududiy boshqarmasi rahbari Ibrohim Shukriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Yig‘ilishda joriy qo‘shma loyihalar portfelini amalga oshirishning borishi muhokama qilinib, amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak ishonchini inobatga olgan holda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida hamkorlikning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.
Ayni paytda Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik 8 ta loyiha amalga oshirilmoqda, bundan tashqari umumiy qiymati 434 million dollarlik 4 ta istiqbolli loyiha ishlab chiqilmoqda.