2024-yilning 4-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Fransiya kun tartibidagi dolzarb masalalar, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

2023-yil noyabr oyida Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi va davlatimiz rahbari bilan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi atroflicha o‘rganildi.

Tomonlar, shuningdek, 2024-yilda bo‘lajak O‘zbekiston-Fransiya muloqotlari, jumladan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi va Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 15-raundini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashdilar.

 

manba: uzdaily.uz