2024-yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Madrahimov Fransiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar va O‘zbekiston-Fransiya kun tartibini amaliy boyitish muhimligini qayd etdilar.

Rejalashtirilgan tashriflar va turli darajadagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.