BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Sabine Mahlni (Avstriya) BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori etib tayinladi.
Sabine Mahl 2024-yil 1-iyundan BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori lavozimiga kirishdi.
Ushbu tayinlanishdan oldin doktor Sabina Mahl 2019 yildan 2024 yilgacha BMTning Gruziyadagi doimiy koordinatori lavozimida ishlagan.
Sabine Mahl xalqaro tashkilotlarda 22 yildan ortiq ish tajribasiga ega.
U Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistondagi BMT Ayollar bo‘limiga rahbarlik qilgan va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan.
2007 yildan 2011 yilgacha Sabine Mahl Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (YXHT) Gaagadagi Etnik ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissarining sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarini nazorat qiluvchi rahbari va katta maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2005–2007 yillarda YeXHTning Qirgʻizistondagi markazi rahbari oʻrinbosari boʻlib ishlagan va YXHT shtab-kvartirasidagi mojarolarning oldini olish markazida Markaziy Osiyo boʻlimiga rahbarlik qilgan.
2001 yilda Sabine Mahl YeXHTning Estoniyadagi missiyasi rahbari o‘rinbosari, 2000 yilda esa Avstriyaning YXHTga raisligi davrida Avstriyaning Doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi bo‘lgan. U, shuningdek, Avstriya Tashqi ishlar vazirligining Siyosiy bo’limida Janubi-Sharqiy Yevropa bo’limi boshlig’i, Yevropa Parlamentida, Venadagi uchta turli sudlarda va Kroydon/Londonda o’qituvchi bo’lib ishlagan.
Sabine Mahl Vena universitetida ikkita magistr (huquq va tilshunoslik) va huquq fanlari doktori darajasiga ega. Nemis (ona tili) tilida so‘zlashadi, ingliz, rus va frantsuz tillarini yaxshi biladi.