Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjumanga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda

7-8 sentabr kunlari Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro konferensiya har yili 16-oktabr – BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashkil topgan kun nishonlanadigan Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Forumda turli mamlakatlardan olimlar, professor-o‘qituvchilar, xalqaro tashkilotlar va yetakchi ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, oziq-ovqat xavfsizligi milliy va xalqaro standartlari, ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va sifati, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

Anjuman doirasida O‘zbekistonning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.