O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov va Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, “Innoprom” xalqaro sanoat ko‘rgazmasini yuqori saviyada o‘tkazish, har ikki tomon tadbirkorlari uchun samarali sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Jizzax viloyati va Chirchiq shahridagi texnoparklar va erkin iqtisodiy zonalar faoliyati doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Rossiya bilan ishbilarmonlik va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, shuningdek, tadbirkorlar uchun yangi biznes imkoniyatlarini ochish maqsadida Ivanovo shahrida (Rossiya) Palata savdo uyini ochish taklifi ilgari surildi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar 2024-yil davomida amalga oshirish boʻyicha hamkorlik chora-tadbirlari toʻgʻrisida kelishib olindi.