Qo'mita a'zosi
Ruslan DAMINOV
Biografiya
Ruslan sanoatni avtomatlashtirish va raqamlashtirish, energiya taqsimoti, intellektual infratuzilma va yashil energiya sohalariga ixtisoslashgan xorijiy kompaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi rahbari. Bir necha yillar davomida Ruslan O‘zbekistondagi Bureau Veritas, Larsen & Toubro, PAC Group kabi kompaniyalarni boshqargan.
U O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, AQSh, Hindiston, Rossiya kabi mamlakatlarda turli sanoat korxonalarini loyihalash, qurish va foydalanishga topshirish sohasida loyihalarni boshqarish bo‘yicha katta xalqaro tajribaga ega.
Ruslan bakalavr darajasini O‘zbekiston Milliy universitetida olgan, shuningdek, biznes boshqaruvi (MBA) magistri darajasiga ega.
Rus, o‘zbek va ingliz tillarini biladi.