Yevropa va tashqi ishlar vazirining Tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik va xorijda yashovchi fransuz fuqarolari masalalari boʻyicha vazir delegati janob Olivye Besht 2023-yilning 4-6-may kunlari Fransiyaning 15 kompaniyasi hamrohligida Oʻzbekistonda rasmiy tashrif bilan boʻldi.
Ushbu tashrif prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil 22-noyabrdagi Fransiyaga amalgan oshirgan tashrifining davomiy qismi boʻlib hisoblanadi.
Tashrif davomida vazir delegat Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov, prezident Administratsiyasi rahbari, Sardor Umurzoqov, Energetika vaziri Jo’rabek Mirzamaxmudov va Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev kabi turli suhbatdoshlar bilan iqtisodiyot va energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
5-may kuni vazir delegat Fransiya-O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining 9-majlisiga Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan hamraislik qilishdan avval « Fransiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar klubi » (CAFU)ning Fransiya elchixonasi qarorgohida bo‘lib o‘tgan majlisida qatnashdi. Ikki vazir ikki tomonlama formatda uchrashuv olib bordi. Hukumatlararo qo‘shma komissiya 5 ta hujjatni imzolash imkonini berdi.
Janob Besht prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinib, unga Fransiya prezidentining shaxsiy Murojaatnomasini yetkazdi. Uchrashuvda vazir delegat va prezident Mirziyoyev savdo-iqtisodiy hamkorlik loyihalari, jumladan, yashil energiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Va nihoyat, 6-may kuni vazir delegat Samarqand shahriga tashrif buyurdi va Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan madaniy va iqtisodiy loyihalarni muhokama qilish uchun uni viloyat hokimi Erkinjon Turmidov kutib oldi. Shundan so‘ng, janob Besht Faxriy konsul janob Isrofil Usmonov bilan uchrashdi va shahar hokimi janob Fazliddin Umarov hamrohligida Samarqand Fransuz alyansining bo‘lajak binolariga tashrif buyurdi.