Pillar Bridge
Pillar Bridge – soliq maslahatchilari tashkiloti bo’lib, soliq sohasida har tomonlama xizmatlar ko’rsatish bilan shug’ullanadi.
Bizning asosiy aktivimiz – bizning mutaxassislarimizdir.
Kompaniya yuqori malakali, hamda “katta to’rtlik” (Big four) guruhiga kiruvchi audit-maslahatchilik tashkilotlarida, yirik xalqaro kompaniyalarda, O’zbekiston Respublikasining soliq organlarida va Moliya vazirligida ishlab kelgan, soliq qonunchiligining amaliyotda qo’llanilishi va soliq sohasida maslahat berish bo’yicha keng tajribaga ega mutaxassislarga egadir.
Xizmatlar
Kompaniya keng ko’lamli soliq xizmatlarini ko’rsatadi, shu jumladan quyidagi bosqichlarda
Investorning biznesga / bozorga kirishida
- Soliq jihatdan samarali egalik qilish/holding strukturasini tayyorlash
- Biznes modelni soliqqa tortish qismini analiz qilish
- Investitsiya shartnomalarini o’rganib chiqish va ularda soliq risklari mavjudligini aniqlash
- va boshqalar
Biznesning kundalik boshqaruvida
- Soliq hisobotlarini tayyorlash va to’ldirish
- Soliq risklarini aniqlash (diagnostika qilish)
- va boshqalar
Biznesdan chiqishda
- Tugatilish (ya’ni likvidatsiya) bo’yicha soliq tekshiruvlariga tayyorlash va tekshiruv jarayonida yordam qilish
- Soliq ekspertizasi (due diligence)
- va boshqalar
