images

Beeline

“Unitel” MChJ 2006-yil 12-sentabrdan buyon “Beeline Uzbekistan” savdo belgisidan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. “Beeline Uzbekistan” bosh ofisi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingining bir qismidir.

VEON 160 millionga yaqin mijozlarga konverged ulanish va raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli operatordir. Dunyo aholisining 7% dan ortig’i istiqomat qiluvchi oltita mamlakatda faoliyat yuritib, VEON jismoniy shaxslarga imkoniyat beradigan va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan texnologiyaga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o’zgartirmoqda. Bosh qarorgohi Amsterdamda joylashgan VEON NASDAQ va Euronext ro’yxatiga kiritilgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yilda O’zbekiston bozoriga kirganidan so’ng VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSH dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. “Unitel” MChJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi. Beeline O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2 milliard AQSh dollari miqdorida soliq to‘lagan.