images

Lavender Farm

Lavenderfarm Samarkand ikki yo‘nalishning o‘ziga xos uyg‘unligi bo‘lib, tabiat va bunyodkorlik uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan. Evropa gulchilik studiyasi 10 yildan ortiq vaqtdan beri mavjud. U o’ziga xos uslubi bilan ajralib turadi, Evropa an’analari va kompozitsiyalarni yaratish shakllariga rioya qiladi.

Kompaniyaning ikkinchi yo’nalishi – 1,5 gektar maydonni egallagan manzarali o’simliklar ko’chatxonasi va bog’. Bu yerda turli o‘simliklar yetishtirilib, ajib bog‘ yaratilgani shahrimiz aholisi va mehmonlarining sevimli maskaniga aylangan. Lavenderfarm Samarkand kompaniyasining maqsadi odamlarga tabiat go’zalligidan bahramand bo’lish va o’z tabiiy muhitida o’simliklarning ulug’vorligini ko’rish imkoniyatini berishdir.